«Yurtimiz ta'lim tizimi uçun ötgan yilda bölib ötgan muhim voqea bu şubhasiz, Özbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi ta'lim töğrisidagi qonuni qabul qilingani böldi. Ikki yil mobaynida manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat işçi guruh şakllantirilib, ilğor xorijiy tajribalarni örgangan holda xalqaro taşkilotlar ekcpertlari iştirokida mazkur qonun işlab çiqildi.

Qonunda aynan yoşlarning sifatli ta'lim oliş huquqlari qat'iy belgilangan bölib, «heç bir bola çetda qolmaydi» tamoyili asosida ularning sifatli ta'lim oliş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan bandlar kiritilgan. Ta'lim olişning turli muqobil şakllari öz aksini topgan. Kattalar ta'limi va hayot davomidagi ta'lim kabi muhim konsepsiyalarga asoslangan. 

Qonunni işlab çiqiş jarayonida 20dan ortiq ta'lim tizimi rivojlangan davlatlarning ta'lim töğrisidagi qonunçiligi örganilib ilğor tajribalari inobatga olindi.

Bundan taşqari, uşbu loyihada Özbekiston Respublikasi prezidentining ta'lim sohasiga oid 20dan ortiq farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 10dan ortiq qarorlari, ta'lim tizimini tubdan isloh qilişga qaratilgan masalalar mazmuni qonun loyihasida öz aksini topdi», dedi u AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida.

Inspeksiya rahbari nutqini tugatgaç, navbat OAV vakillariga berildi va ular özlarini qiziqtirgan savollarni berişdi.

Kun.uz muxbiri Özbekistonda home-schooling, ya'ni uyda öqitiş tizimining qonuniy asoslari va mexanizmini işlab çiqiş vaqti kelgani borasida savol bilan murojaat qilgan.

«Inspeksiya öz faoliyati davomida pandemiyaning dastlabki kunidan boşlab, hamkor taşkilotlar bilan birgalikda Yaponiya, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari va AQŞdagi vaziyatni örgandi. Şunga qarab özimizdagi ta'lim tizimiga kerakli işlarni amalga oşirişga harakat qildik. Xalq ta'limi vazirligi tomonidan onlayn darslar taşkil qilingan.

Şu bilan birga, bizning eng katta masalamiz – bu ta'lim platformalarini yaratiş. Çunki öquvçilar uyda ötirganda biz ularga kerakli manbalarni bersak, onlayn tarzda ular bilan suhbatlarni amalga oşirsak, savollarga javob bersak, albatta natija böladi.

Biz Koreya tomoni bilan suhbat ötkazganimizda, ular ham öz vaqtida bizdagi kabi muammolarga duç kelgani ma'lum böldi. Köplarida internet bölmagan yoki tezlik yetişmagan. Lekin maxsus guruhlar, hududiy hokimliklar ham bevosita amaliy yordam qilib, muammolarni yeçişga harakat qilişdi.

Biz ham xuddi şunday harakatlarni qilganmiz. Töğri, bizda muammolar köp edi. Internet tezligi deymizmi, yoşlarning 15 daqiqalik darsni qançalik çuqur özlaştira olişini örganişmi... va men aytişim kerakki, juda ham fidoyi öqituvçilarimiz köp. Şu öqituvçilar uzluksiz Zoom orqali, telegram orqali öquvçilar bilan aloqada bölişgan.