Brifingda koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraşiş, aholi salomatligini saqlaş, barqaror sanitariya-epidemiologik holatni ta'minlaş, Covid-19’ga qarşi emlaş jarayoni haqida ma'lumot berildi. Bunday yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini oliş böyiça eng samarali yöl – immunizatsiya tadbirlari, ya'ni soğlom insonlarni uşbu kasallikka qarşi emlaş ekani ta'kidlandi. Özbekistonda birinçi navbatda uzoq umr köruvçilar (85 yoş va undan yuqori), keksalar (75 yoşdan 84 yoşgaça), qariyalar (65 yoşdan 74 yoşgaça), tibbiyot xodimlari, surunkali kasalliklari bölgan aholi, maktab öqituvçilari, maktabgaça ta'lim taşkilotlari xodimlari, qurolli kuçlar va huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarini emlaş rejalaştirilgan.
Ayni paytda Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan keltirilgan vaksinalar köngillilarda sinovdan ötkazilmoqda.
«Xitoyning Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan yangi koronavirus rekombinant vaksinasining xavfsizligi va Covid-19 infeksiyasining oldini olişdagi samaradorligini aniqlaş maqsadida 3-faza klinik tadqiqotlari ötkazilişi rejalaştirilgan bölib, 9000 nafar köngillilar orasida immunizatsiya tadbirlarini ötkaziş uçun vaksinalar olib kelingan. Respublikaga 8 nafar xitoylik mutaxassislar taşrif buyurişgan, bugungi kunda Innovatsion rivojlaniş vazirligi bilan hamkorlikda 3 faza-klinik bosqiçi amalga oşirilmoqda.
Bugungi kunda Içki işlar vazirligiga qaraşli 3ta poliklinikada, Innovatsion rivojlaniş vazirligining körgazmalar zalida va Yunusobod tumani 15-sonli oilaviy poliklinikada jami 5ta muassasada Covid-19’ga qarşi köngillilarni skringdan ötkaziş va vaksinatsiya qiliş uçun maxsus joy taşkil qilingan.
Şu bilan bir qatorda, Rossiyada işlab çiqilgan SPUTNIK-V vaksinasini ham olib keliş, uşbu vaksinani sertifikatlaş va emlaş tadbirlari boşlanişi böyiça muzokaralar olib borilmoqda», degan Botir Qurbonov.
















