Sevara Norqozoqova – 33 yoşda, 4 farzandning onasi. Samarqand viloyati Iştixon tumanining Qörli qişloğida yaşaydi. Turmuş örtoği feldşer, özi esa uy bekasi.

Odatiy özbek oilalarida bölgani kabi rözğor işlari, bolalar tarbiyasi qahramonimiz zimmasida. Qişloqda esa bekalik yumuşlari ançagina.

Sevara Norqozoqova ertalab soat 5:00da uyğonadi. Birinçi bölib qiladigan işi – sigir soğiş. Oila rözğorida 2 ta sigir bor, har biridan kuniga 2–3 litr sut soğib olinadi.

Soğilgan sut pişiriladi, ivitib qatiq tayyorlanadi, maxsus aylantirgiç moslamaga solib yoği ajratib olinadi. Qolgan sutdan esa suzma tayyorlanadi.

Sigir soğib bölingaç, nonuşta tayyorlaşga kirişiladi. Bunda ham uyni isitiş, ham çoy qaynatiş uçun peçka yoqiş zarur. Uy bekasining aytişiça, har kuni 3 mahaldan 3 ta xonaga peçkaga öt yoqadi.

Asosiy yoqilği turlari – tappi, oq quvray (çöl-daştda ösadigan yovvoyi öt), taraşa. Tappi bahor-yozda çorva göngidan tayyorlanib, qişga tayyorlab qöyiladi.

Çoy qaynab, uy isigaç, butun oila nonuşta qiliş uçun dasturxon atrofiga yiğiladi. Nonuştadan söng oilaning yoşi uluğ onaxoni duo öqiydi, söng hamma – öz yumuşi bilan andarmon. Bolalar maktabga yöl olişadi. Qahramonimiz esa odatdagiday rözğor işlarini davom ettiradi.

Non uçun xamir tayyorlab, zuvalalar qilinadi. Bunda qaynona, ovsin ham yordam berişadi. Xamir açişiga biroz vaqt qolgaç, tandirga öt yoqib, non yopişga tayyorlab qöyiladi.