11 fevral kuni Minskda Butunbelarus yiğini - hokimiyat va jamoatçilikning 2700 nafar vakili iştirokidagi ikki kunlik s'yezd iş boşladi. Birinçi kunning asosiy natijasi - Aleksandr Lukaşenko 2021 yil boşida Belarusda vakolatlarni hukumat va parlament foydasiga qayta taqsimlaş bilan boğliq mamlakatning yangi konstitutsiyasi loyihasiga ovoz beriş ötkazilişini va'da qildi.
U bu gapni uç soat-u qirq daqiqa davom etgan nutqining oxirida aytdi. Biroq uşbu nutqdan kelib çiqadiki, Lukaşenko avvalgidek hamma narsani: taşqi siyosatdan tortib to Minskdagi çanği yölining holatiga qadar nazorat qilişni xohlaydi, deb yozadi BBC.
Butunbelarus yiğini har beş yilda ötkaziladi, Lukaşenko uni "veçe" deb ataydi.
Unga ötgan yilning kuzidan boşlab tayyorgarlik körildi va prezidentning sözlariga köra, aynan yiğin Belarus Respublikasining yangi Konstitutsiyasini yozişga tayyorgarlikni boşlaşi kerak edi. Şunisi ham borki, barça narsani Lukaşenkoning özi bajardi.
Sahna tepasiga "Birlik, taraqqiyot, mustaqillik" şiori ilingan zalga 2700 nafarga yaqin delegat - hokimiyat, sanoat korxonalari, kasaba uyuşmalari, fan, madaniyat va sport vakillari töplandi. Köpi bilan, har ellik kişidan biri tibbiy niqobda edi. Yiğinda saylov natijalariga qarşi ommaviy namoyişlar taşkilotçilaridan heç kim yöq edi.
S'yezd darhol prezidiumni sayladi va keyingi tört soat Aleksandr Lukaşenkoning nutqi bilan ötdi.

Unda barça mumkin bölgan mavzular qamrab olindi: lift işlab çiqariş va oblast markazlari atrofini aylanib ötuvçi yöllar qurilişidan tortib taşqi siyosatgaça. U sodir bölayotgan voqealarni "davlatimiz hayotidagi buriliş davri" deb atadi.
"Belarus taşqaridan qattiq hujumga duç keldi, - dedi Aleksandr Lukaşenko. - Ular [Ğarb davlatlari] ilk bor öz uslublarini vayron bölgan va yiqilgan mamlakat misolida emas, balki monolit respublikada qöllaşga qaror qilişdi".
Uning sözlariga köra, 2020 yil avgustda bölib ötgan prezidentlik saylovlaridan keyin boşlangan voqealar hatto "rangli inqilob" emas, balki isyon va blits-krig edi.













