«Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumani quriliş bölimi boşliği «Yoşlar - kelajagimiz» davlat dasturi doirasida «Qorayontoq» mahallasi hududidan 4,5 sotix yer maydonini öz jiyani nomiga «Yoşlar mehnat guzari» qurilişi uçun auksion savdolari ötkazmasdan ajratilişiga erişadi.

 Afsuski, mazkur yer maydoniga «Yoşlar mehnat guzari» qurmasdan, aksinça, uni boşqa bir fuqaroga 180 mln sömga sotişga kelişib, uşbu pullarni qarindoşlari orqali olayotgan vaqtida DXX Surxondaryo viloyati boşqarmasi va Departamentning hududiy boşqarmasi xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi», deyiladi DXX matbuot xizmati tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda.

Hozirda mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.