11 fevral kuni Rossiya Taşqi işlar vazirligida ötkazilgan brifingda vazirlikning rasmiy vakili Mariya Zaxarova Özbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan «Davlat tili töğrisida»gi qonun va özbek tilining mavqeyini mustahkamlaş böyiça olib borilayotgan davlat siyosati haqida fikr bildirdi.

«27 yanvar kuni «Özbekiston Respublikasining davlat tili töğrisida qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqilişdayoq maqullandi. Unda boşqa tillarning maqomi (respublikada 100 ga yaqin etnik guruh yaşaydi) va til asosida kamsitişga yöl qöyilmasligi töğrisidagi qoidalar aks etganini ta'kidlaymiz», dedi u.

Mariya Zaxarova Rossiya hukumati Özbekistonda rus tilini mustahkamlaşga qaratilgan qator qöşma ta'lim loyihalarini amalga oşirayotganiga urğu bergan.

«Tarqalişi va ijtimoiy ahamiyati jihatidan rus tili davlat tilidan keyin ikkinçi örinda turadi va özbek örta maktablarida öqiş uçun majburiy til hisoblanadi. Hamkorlikni rivojlantirişda muhim qadam sifatida, biz 2020 yil oktyabr oyida respublika rahbariyati tomonidan Toşkentda Rossiya davlat pedagogika universitetining filialini oçiş töğrisida qabul qilingan qarorni körsatişimiz mumkin. Biz bu yerda bakalavrlar va magistrlarni tayyorlaş bilan bir qatorda, öqituvçilarni kasbiy qayta tayyorlaş bilan ham şuğullanişni rejalaştiryapmiz. Bugungi kunda Özbekistondagi oliy öquv yurtlarida mingga yaqin vakillarimiz işlaydi», deya ta'kidlagan u.

Taşqi işlar vazirligi vakili 2020 yil oktyabr oyida Alişer Usmonovning «San'at, fan, sport» xayriya jamğarmasi kömagida taşkil etilişi rejalaştirilgan A.I.Gersen nomidagi pedagogika universiteti loyihasini eslab ötgan. Loyihadan maqsad Özbekistonda rus tili va rus tilidagi umumiy ta'lim fanlarini öqitiş sifatini oşiriş ekanligini ma'lum qilgan.

«2020-2030 yillarda respublikaga mingga yaqin rus mutaxassislarini jönatiş rejalaştirilgan. Ular Özbekistonda xalq ta'lim tizimidagi 14ta hududiy markazlar va 10 mingga yaqin maktablarda pedagogik kadrlarning malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş bilan şuğullanadi», deya fikrini yakunlagan Rossiya TIV vakili.

Eslatib ötamiz, 2023 yil 1 yanvardan boşlab barça taşkilotlarda iş yuritiş hujjatlari va boşqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida işlab çiqiş, qabul qiliş va e'lon qiliş amaliyoti töliq joriy qilinişi