Rossiya TIV rasmiysi Mariya Zaxarova rossiyalik propagandaçi Vladimir Solovyovning Venesuela va Suriya yönalişlari Armaniston va Markaziy Osiyo bilan taqqoslaganda ikkinçi darajali ahamiyatga ega ekani haqidagi bayonoti Moskvaning rasmiy pozitsiyasiga qançalik mos ekani haqidagi savolga javob qaytardi.

Propagandaçi öz muallifligidagi «Solovev Live» körsatuvining 10 yanvar kuni berilgan sonida Markaziy Osiyoni «bizniki» deb atagan hamda Rossiya Ukrainada bölgani kabi Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham «maxsus harbiy operatsiya» boşlaşi kerakligi haqida gapirgandi. U şuningdek Armaniston ta’sir doirasidan çiqişini Rossiya uçun «ulkan muammo» deb atagandi.

Zaxarova Solovyovning sözlarini jurnalistning xususiy kanalda bildirgan fikri deb atadi. Şuningdek, u bu fikr bayonot emas, balki savol şaklida tuzilganini ta’kidladi.

«Birinçidan, gap jurnalistning fikri haqida ketmoqda, ta’kidlayman – fikri haqida. Ikkinçidan, jurnalistning, teleboşlovçining bu fikri xususiy „Solovev Live“ kanalida aytilgan. Uçinçidan, men iqtiboslarni öqib çiqdim va kontekstdan yulib olingan jumlalarga emas, balki töğridan töğri nutqqa tayanaman. Bu fikr savol körinişida şakllantirilgandi. U yerda bayonot emas, savol bölgan. Bilmayman, ritorik yoki boşqaça savolmi – bunisi endi menga taalluqli emas. Törtinçidan, bu gaplar „divan analitiklari“ tomonidan oçiq va yaqqol provokatsion tarzda, xuddi Rossiyaning rasmiy pozitsiyasidek qilib körsatilgan. Bunday manipulyatsiyalar bilan şuğullanişga şunçaki yöl qöyib bölmaydi», – dedi TIV vakili.

U ayrim şarhlovçilar vaziyatdan foydalanib, «na bu körsatuvda va na boşqalarida umuman aytilmagan, göyoki Rossiyaning possovet davlatlariga nisbatan tajovuzkor niyatlari borligi haqidagi turli uydirma va ğirt safsatalarni axborot maydoniga çiqarişgani»ni ta’kidlagan.

«Şu munosabat bilan rasmiy nuqtayi nazar vakolatli mansabdor şaxslar tomonidan bildirilayotganini yana bir bor ta’kidlaşni istardim. Rossiyaning rasmiy pozitsiyasiga kelsak, u mamlakat rahbariyati tomonidan umumiy sovet ötmişi, possovet hududi, hozirgi suveren davlatlar bilan munosabatlar kontekstidagi siyosatimizga nisbatan bir neça bor bildirilgan. Takror aytaman, bu pozitsiya Rossiya Federatsiyasi prezidenti, hukumat raisi, taşqi işlar vaziri, mudofaa vaziri, barça yönalişlardagi vazirlar tomonidan turli sammitlar, uçraşuvlar, muzokaralar, maslahatlaşuvlar, matbuot anjumanlari, intervyular davomida ön minglab bor yangradi.

MDH, KXŞT kabi possovet hududidagi mavjud tuzilmalar örtasida ham muntazam muloqot olib borilmoqda. Şu örinda KXŞT yönalişi böyiça Xavfsizlik kengaşi kotiblari uçraşuvi formati mavjudligini eslatib ötmoqçiman. Aynan mana şu tuzilmalar va ularga rahbarlik qilayotgan odamlar, u yerda işlayotgan köplab ekspertlar aynan bizning umumiy mintaqamizdagi xavfsizlik masalalarini muhokama qilmoqda. Hozir buni pozitsion bayonotlarga havola qiliş imkoniyatiga ega emasman. Son-sanoqsiz marta aytilgan gaplarni qisqaça bayon etaman», – degan rasmiy.