Jinoyat işi hujjatlariga köra, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Sirdaryo viloyati boşqarmasi tomonidan fuqaro X.ning arizasiga asosan, 2021 yil 8 fevral kuni ötkazilgan tezkor tadbirda Xovos tumani budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi bölimi boşliği vazifasini bajaruvçi F.U. mansabdor şaxs bölgani holda, xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqaro X. umuman mehnat stajiga ega emasligini bila turib, yuqori miqdordagi nafaqaga çiqişi uçun uning mehnat faoliyatiga egaligi töğrisidagi hujjatlarni tayyorlab beriş orqali uni yoşga doir nafaqaga çiqarib beriş evaziga 2 mln söm pulni xizmat xonasida pora tariqasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Ma'lum qilinişiça, uşbu holat böyiça 2021 yil 8 fevral kuni departamentning Sirdaryo viloyati boşqarmasi tomonidan F.U.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni vaqtda Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
18 yanvar kuni Xovos tumani budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi bölimi boşliği Fayziyev Baxtiyor Sadullayeviç 52 yoşida olamdan ötgani haqida xabar berilgandi.














