13 fevral, şanba kuni Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Markaziy univermag yonidagi xiyobonda jamoatçilik bilan uçraşdi. Uçraşuvda uşbu boğ hududida mustaqillikning 30 yilligiga bağişlab quriladigan «Istiqlol» majmuasi haqida söz bordi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Majmua qurilişi uçun «Moviy gumbazlar» nomi bilan maşhur boğning tanlangani jamoatçilik e'tiroziga sabab bölayotgandi.

Uçraşuv avvalida hokim şahar deputatlari va «Toşkentda uzoq yillar işlagan fidoyi insonlar» bilan maslahatlaşgan holda şu joy tanlanganini qayd etdi.

«Birorta daraxt kesilmaydi. Birorta daraxt kesilmaydi», – ta'kidladi Ortiqxöjayev.

Ma'lum bölişiça, «Istiqlol» majmuasi quriladi deganda, mustaqillikning 30 yillik ramzini aks ettiruvçi stela (yodgorlik) örnatilişi haqida gap ketyapti. Heç qanday imorat qurilmaydi.

Stela Markaziy univermag yonidagi, boğning oçiq maydon qismiga örnatiladi. Yodgorlik atrofi obodonlaştiriladi; xiyobonning qolgan hududiga teginilmaydi.

«Ikki yil oldin bu yerga kelgandim. Şu yerda yaşaydiganlar bilişadi, boğ taşlandiq ahvolda edi. Ta'mirladik, çiroyli joyga aylantirdik. Bunga 6 milliard pul ketdi. Hamma söraşi mumkin, budjet pulimi, deb. Yöq, men özim şaxsiy mablağimdan qilganman.

Odamlar yuz yillab park şu holida saqlanib qolişini xohlaydi, töğrimi? Unda mening gapimga kiringlar. Oldin negaligini aytay. Sizlarga öxşab, men ham şu parkni saqlab qolişni xohlayman. Men ham Toşkentda 46 yildan beri yaşayman.

Agar şu yerga mustaqillik siymosini örnatsak, yuz yillab bu parkka heç kim tegmaydi! Men bugun hokimman, öz yonimdan xarajat qilib bu yerni ta'mirlatdim, keyingi hokim bu joyni mehmonxona qurişga berib yuboradi! «Dom» qurişga berib yuboradi! Tuşunmaysizlarmi şuni?

Men ham sizlarga öxşab şu boğni saqlab qolişga harakat qilyapman. 2 yil hokim bölamanmi, 1 yilmi, bilmayman; keyin boşqa hokimlar keladi, bu boğni rasvo qiladi. Bu yerda öz-özidan dökonlar paydo böladi, heç kim himoyaga olmaydi.