Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, mahkumga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

«Vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman)ning qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaşning oldini oliş böyiça sektor xodimlari Toşkent viloyatidagi 48-son manzil-koloniyaga borib, mahkum Mayunusov Fayzullo Hasan öğli bilan yakka tartibda suhbat olib borişdi.

Suhbat yakunlari böyiça ma'lumotnoma tayyorlanib, töplangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi va ular tomonidan ekspertlarni jalb etgan holda sud-tibbiy ekspertizasi ötkazilişi belgilandi.

Mazkur holat Ombudsman nazoratiga olingan bölib, vaziyatga oydinlik kiritilgaç, natijasi böyiça OAVga batafsil ma'lumot taqdim etiladi», – deyiladi axborotda.

Sof.uz xabariga köra, Fayzullo Mayunusov 1991 yilda Andijon viloyati Izboskan tumanida tuğilgan. U 6 yilga hukm qilingan bölib, qamoqxonada telefon işlatgani uçun «mayor va operlar» tomonidan kaltaklangani aytilmoqda.

Holat yuzasidan Içki işlar vazirligi hozirça rasmiy axborot bergani yöq.