2020 yilda Ombudsmanga Özbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bölmagan şaxslar, jamoat taşkilotlari va boşqa yuridik şaxslardan jami 14 624 ta (2019 yilda 12 822 ta) murojaat kelib tuşgan.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi fraksiyalarida bölib ötgan Ombudsmanning 2020 yilgi faoliyati yakunlariga bağişlangan hisobotida ma'lum qilindi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Inson huquqlari böyiça vakil (ombudsman) nomiga kelib tuşgan murojaatlarning 1 563 tasi qamoqda saqlaş joylaridagi şaxslar va ularning qarindoşlari tomonidan yöllangan.

Bu murojaatlarning 485 tasi poçta, 483 tasi qamoqda saqlaş joylarida örnatilgan «Ombudsman qutisi», 293 tasi Ombudsmanning «Işonç telefoni», 238 tasi Ombudsman huzurida Milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat olib boruvçi jamoatçilik vakillaridan iborat bölgan Ekspert guruhi tomonidan ötkazilgan monitoringlar davomidagi sayyor qabullar, 43 tasi Ombudsman tomonidan ötkazilgan şaxsiy qabullar, 12 tasi Ombudsmanning elektron sayti va 9 tasi Prezident virtual qabulxonasi orqali kelib tuşgan.

Murojaatlarning 405 tasi Boş prokuraturaga, 390 tasi Oliy sudga, 212 tasi Içki işlar vazirligiga, 63 tasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligiga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga, 493 tasi boşqa mutasaddi vazirlik va idoralarga yuborilgan.

Qamoqda saqlaş joylaridagi şaxslar va ularning qarindoşlari tomonidan kelib tuşgan murojaatlarning 650 tasi yoki 41,6 foizi Ombudsman tomonidan alohida nazoratga olingan holda körib çiqilgan va qanoatlantirilgan.

Şuningdek, qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlari qöllanilgani masalasida yöllangan murojaatlar soni oxirgi 4 yilda ortgan. Xususan, 2020 yilda 184 ta ana şunday (2019 yilda 138 ta, 2018 yilda 101 ta, 2017 yilda 24 ta) şikoyat Ombudsman nomiga kelib tuşgan.

Uşbu şikoyatlarning 95 tasida yoki 51,7 foizi suriştiruv, tergovga qadar tekşiruv va tergov harakatlari davomida, 86 tasi yoki 46,7 foizi jazoni ijro etiş muassasalari va tergov hibsxonalarida hamda 3 tasi yoki 1,6 foizi içki işlar organlarining vaqtinça saqlaş hibsxonalarida röy bergan.

  • Kuni keça Oliy Majlis deputati Rasul Kuşerbayev JIEMlardagi qiynoqlar mavzusida