Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga çaliniş holatlari yana köpaya boşlagani, xususan, britança ştamm tobora keng tarqalayotgani uçun qator şifoxonalar qayta oçilgani, Zangiotadagi yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşiş kompleksi bemorlarga tölib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

Kun.uz vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev bilan boğlandi.

«Negadir sönggi paytlarda mana şunday mazmundagi xabarlar köpayib qoldi. Qiziği, biz koronavirusga qarşi maxsus oçilgan yoki moslaştirilgan 159ta markazdan faqat 12tasi qolgani, Samarqand va Navoiy kabi viloyatlarda bunday komplekslar töliq yopilgani haqida e'lon qilayotgan paytimizda haqiqatga zid xabarlar tarqatilyapti.

Respublikamizdagi pandemiya bilan boğliq vaziyat barqaror, kasallikka çaliniş holatlari kun sayin kamayib bormoqda, şifoxonalar yopilmoqda yoki konservatsiya qilinmoqda.

Xususan, Zangiotadagi 2-sonli yuqumli kasalliklar şifoxonasining «A» blogi töliğiça konservatsiya qilindi (ya'ni zarur holatda tezkor işlaşga şay holatda yopildi). Umumiy hisobda 700 nafarga yaqin kişi davolanayotgan bu kompleksdagi aksariyat bemorlarda PZR testlar natijasida koronavirus infeksiyasi tasdiqlanmagan. Köpçilik koronavirusga şubha bilan borib, boşqa mavsumiy kasalliklardan davolanyapti.

Demak, bunday asossiz xabarlarga işonmaslik va notöğri ma'lumot tarqatiş uçun javobgarlik borligini yana bir bor eslatib ötişga zarurat paydo bölibdi», dedi Furqat Sanayev.

  • Ma'lumot uçun, 2020 yilning 9 dekabrida Toşkent şahridagi «Özekspomarkaz»da taşkil etilgan saralaş va taqsimlaş markazlari hamda «Universal» sport majmuasidagi saralaş va taqsimlaş markazi, 2021 yilning 6 fevral kuni esa Samarqandda Covid-19 infeksiyasiga çalinganlarni davolaşga möljallangan oxirgi markaz yopilgani haqida xabar berilgandi.
  • Soğliqni saqlaş vazirligining sönggi ma'lumotlariga köra, pandemiya boşidan buyon Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79442 nafarni taşkil etmoqda. Ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida 892 kişi davolanmoqda, ulardan 153 nafari oğir, 28 nafari esa öta oğir ahvolda.