Bugun, 16 fevral kuni xalq deputatlari Jizzax viloyati Döstlik tuman Kengaşining navbatdan taşqari 19-sessiyasi ötkazildi. Unda prezident maslahatçisining örinbosari Umar Ismailov va viloyat hokimi Ergaş Saliyev iştirok etdi. 

Sessiyada taşkiliy masala körildi. Viloyat hokimi Ergaş Saliyev tuman hokimi lavozimiga Şavkat Törayeviç Darvişev nomzodini tavsiya qildi. Deputatlar nomzodni bir ovozdan ma'qulladi.

Şavkat Darvişev tayinlovga qadar viloyat Moliya boş boşqarmasi rahbari sifatida işlab kelayotgan edi.

Eslatib ötamiz, Döstlik tumanining sobiq hokimi Uluğbek Uzoqov yanvar oyi oxirida Toşkent viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari etib tayinlangandi.