Amerikalik tadbirkor bunday fikrni Avstraliya milliy jamoatçilik telekorporatsiyasiga bergan intervyusida bildirdi.

“Bu insoniyat oldida turgan eng oğir muammodir, çunki dunyo iqtisodiyoti – sement, pölat, transport, qişloq xöjaligi – uşbu barça tarmoqlar özgarişi lozim”, deb ta'kidlab ötgan Geyts.

Uning aytişiça, iqlimga salbiy ta'sirni atmosferadagi issiqxona gazlari hajmini qisqartirib yöqqa çiqariş mumkin. Atrof-muhitga çiqariluvçi asosiy çiqindilar kömir, neft va gaz yoqişga asoslangan energetika bilan boğlangan.

Geytsning aytişiça, quyoş va şamol energetikasi hozirça insoniyatni zarur energiya bilan ta'minlaşga qodir emas. Iqlimni saqlaş vazifasini hal qilişni faqatgina atom energetikasi öz zimmasiga olişi mumkin. 
 
“Yadroning bölinişi va termoyadro sintezi bunday katta kölamda işlay oladigan yagona narsalardir”, deb ta'kidlab ötgan Geyts.
 
Uning ta'kidlaşiça, atom energetikasi odamlar tomonidan qabul qilinişi uçun yanada arzonroq va xavfsizroq bölişi lozim.