Anjuman mintaqalardagi gidroenergetika sohasining rivoji va taraqqiy etişi, gidroenergetik inşootlar qurilişi, modernizatsiyasi, muammo va istiqbollari böyiça öziga xos özaro tajriba almaşiş, uzviy hamkorlik va muloqot maydonçasi bölib xizmat qiladi.

Mazkur yirik kongressda 150dan ortiq kompaniya hamda 20dan ortiq davlat vakillari, jumladan, Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqalari vakillari – Özbekiston, Tojikiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Ozarboyjon, Eron, Armaniston, Rossiya, Gruziya, Turkiya iştirok etmoqda.
Anjuman gidroenergetika sohasida amalga oşirilayotgan işlarni rivojlantiriş, sohaga yangi innovatsion texnologiyalar hamda xorijiy investorlarni jalb qiliş, olib borilayotgan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş, şuningdek, soha mutaxassislari iştirokida asosiy masalalarni muhokama qiliş hamda tajriba almaşiş maqsadida ötkazib kelinadi.
Kongressning birinçi kuni Markaziy Osiyo va Kaspiyorti mamlakatlarida quriliş sohasida olib borilayotgan işlar, qöllanilayotgan texnologiyalarni tatbiq qilişga bağişlandi.
«Özbekgidroenergo» AJ boşqarma boş mutaxassisi Azimjon Zaydullayev jamiyatning elektr energiyasi işlab çiqarişdagi örni, gidroenergetika sohasidagi işlar haqida fikr bildirdi.

«Gidroenergetika sohasi tarixiga nazar solinsa, gidroelektr stansiyalar 20-asr 30-40-yillaridan boşlab qurilgan. Özbekistondagi mavjud suv potensiali 27 ggvattni taşkil etadi. Hozirgi kunda AJ tarkibidagi stansiyalar quvvati 2005 megavattni taşkil etadi, 2030 yilga borib esa 3600 megavattga kötariş rejalaştirilgan. Kompaniyaning kelajak maqsadlariga kiçik gidroelektr stansiyalarni köpaytiriş kiritilgan», dedi Azimjon Zaydullayev.
Azimjon Zaydullayev sözlariga köra, «Özbekgidroenergo»da hozir respublika böyiça jami elektr işlab çiqariş quvvatlarining 13 foizi taşkil qilmoqda, bu yiliga 6.5 mlrd kilovatt/soat elektr toki degani.
«Respublika böyiça jami elektr işlab çiqariş quvvatlarining 13 foizi jamiyat hissasiga töğri kelmoqda, bu degani yiliga 6.5 mlrd kilovatt/soat elektr toki işlab çiqaradi. Rejaga asosan 2030 yilda 23 foizga çiqariş maqsad qilingan», deya ma'lum qildi Azimjon Zaydullayev.
Jamiyat apparat rahbari Suhrob Hamroyev joriy yilda foydalanişga topşiriladigan gidroelektr inşootlari haqida ma'lumot berdi.


















