«Qarşi-Xonobod aerodromi atrofida tarqalayotgan xabarlar Özbekiston mudofaa vazirligi matbuot xizmati tomonidan kuzatib borilmoqda. Xonobod aholi punkti – harbiy qismning yonida joylaşgan mahalla. Aholisi soppa-soğ, bu yerda yaşovçilar orasidan tibbiy körikdan ötib muddatli harbiy xizmatga çaqirilganlar, aviatsiya bilim yurtiga öqişga kirganlar ham bor. Nomzod soğlom bölsagina uçuvçi böla oladi. Uning yurak urişi, qon bosimi belgilangan me'yorlarga mos kelişi kerak.

Amerika Qöşma Ştatlarining kontingenti u yerda beş yildan ortiq turmagan. Biznikilar u yerda 15-20 yildan beri xizmat qilmoqda, hatto butun umri davomida işlayotganlar bor. Mayli, ofitserlar har beş yilda rotatsiya bölişar, lekin çilangarlar, qorovullar, texniklar aynan öşa yerda 30 yildan beri xizmat qilişmoqda. Ularda AQŞ harbiylarida kuzatilayotgan holatlar kuzatilmayapti. Jurnalist va blogerlar borib qiziqib köradigan bölişsa, u yerda xizmat qilayotganlar soğ-salomat yurganini körişadi.

Bahrom Zulfiqorov

Harbiy aerodromda xizmat qilayotgan uçuvçilar nafaqat mavsumiy, balki har bir parvozdan oldin tibbiy körikdan ötadi. Hozirgi paytda Xonobod aerodromi töliq işlamoqda, u yerdan samolyot va vertolyotlar uçmoqda. Uçuvçilarning salomatligida ozgina özgariş bölsa ham parvozga ruxsat berilmaydi.

Masalaning ikkinçi tomoni bor. Biz oliy hukumat darajasida, Taşqi işlar vazirligining diplomatik kanallari orqali AQŞ bilan hamkorlik aloqalariga putur yetmaydigan şaklda yondaşgan holda Xonobod aerodromi atrofidagi gap-sözlarga munosabat bildiramiz. Çunki bizda turizm rivojlanişi rejalaştirilmoqda, Özbekistonga dunyo ahlining e'tibori tuşyapti. Biz biror davlat Özbekistonga qarşi iş qilyapti deb aytmoqçi emasmiz. Lekin bu mutaxassis bölmagan odamlarning fikri ekani yaqqol körinib turibdi», deya Bahrom Zulfiqorovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Toşkent tibbiyot akademiyasi qoşidagi Harbiy tibbiyot fakulteti kafedra mudiri, tibbiy xizmat polkovnigi Nosir Fozilovning qöşimça qilişiça, Xonobod aerodromi yaqinidagi aholi punktida yaşayotgan fuqarolar ham tibbiy körikdan ötkazilgan, natijalar ular soğlom ekanini körsatgan.

Nosir Fozilov

«Xonobod aerodromida xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilar har yili tibbiy körikdan ötkaziladi. Bundan taşqari, ommaviy axborot vositalarida tarqalgan savollarga javob topiş maqsadida öşa yerdagi aholi punktida yaşayotgan fuqarolarni ham tibbiy körikdan ötkazdik. Tibbiy körik natijalariga köra ularning hammasi soğlom bölib çiqdi.