Tesla va SpaceX asosçisi, milliarder Ilon Mask öz kriptovalutasi nomi borasida bir töxtamga keldi. Unga öz kriptovalutasini yaratiş haqida tvitterda taklif qilişgandi. Maskning fikriça, yangi kriptovaluta Marscoin deb ataladi, bu haqda tadbirkor Dogecoin kriptovalutasi savdosi haqidagi tvitlar zanjirida yozdi.

«Bu aniq Marscoin böladi!», deydi Mask suhbatdoşlaridan biriga javoban. Unga Eloncoin variantini ham taklif qilişdi, biroq Mask uni e'tiborsiz qoldirdi. Yangi «Jahon valutasi» haqidagi fikrlar Dogecoin egalarini qöllab yuboriş mavzusi ostidagi tvitlar zanjirida yangradi. 15 fevralda Mask «dojkoin» egalarini valutalarini sotmoqçi bölişsa, ularni qöllab-quvvatlaşga va'da bergandi. Izohlarda esa unga öz valutasini yaratişni va uni «jahon valutasi»ga aylantirişni taklif qilişdi.

Olti kun muqaddam Mask «hodler-bolakay» bölişi uçun kenja öğliga (öğlining ismi X Æ A-12) Dogecoin kriptovalutasini sotib olib berganini ma'lum qilgandi. Hodler deb kriptovalutaga sarmoya tikadigan va «sotib ol va saqla» degan investitsiya strategiyasiga ega bölişadi. Ular bozordagi holatdan qat'i nazar valutani özida saqlab qoladigan sarmoyadorlar.

Maskning kenjatoyiga «dojkoin» sotib olib bergani haqidagi tvitidan söng Dogecoin’ning kursi, CoinMarketCap ma'lumotiga köra, 0,081 dollarga kötarilib ketdi, keyinroq 0,072 dollarga tuşdi (ayni damda 0,052 dollar). Bu «dojkoin» narxining Maskning tvitlari tufayli birinçi bor kötarilib ketişi emas. 2020 yilning iyunida u tvitterga Dogecoin suratini qöygan va «bundan qoçişning iloji yöq» deb izoh qoldirgandi. Şundan keyin kriptovaluta narxi 14 foizga kötariladi. «Birgina söz – Doge», deb yozdi u ötgan yilning 20 dekabrida va kriptovaluta iyundagidan ham köproq qimmatladi. Maskning özi esa tvitterdagi biografiya qismiga «Dogecoin sobiq boş direktori» deb yozib oldi. Yanvar oxiriga kelib Dogecoin narxi 0,01 dollar edi. Biroq Mask Vogue moda jurnalining nomini Dogue’ga özgartirib tvitterga qöygaç, kriptovaluta narxlari 0,08 dollarni taşkil etdi.

Ikki kunlik tanaffusdan keyin tvitterga qaytgan milliarder, öz tvilentasiga Disneyning «Qirol şer» multfilmidagi şaman-maymunning şerbaçça Simbaning uşlab turganiga öxşatiş qilib, özining Dogecoin’ni uşlab turgan rasmini qöydi va «Xuş kelibsan!» deb