— Biror hududda quriliş boşlanişidan oldin u yerdagi daraxtlar xatlovdan ötkazilgan bölsa, ular kesib yuborilmayotgani quriliş davom etayotgan paytda nazorat qilib boriladimi? Masalan, hozir «Ğafur Ğulom» boği va Milliy boğda quriliş işlari ketyapti.
— Vazirlar Mahkamasining 43-sonli qaroriga muvofiq, yirik şaharlar va boşqa aholi punktlaridagi daraxtlar inventarizatsiya qilinişi belgilangan. Hozirga qadar muayyan işlar qilindi, muayyan hududlar tekşirilib, tegişli reyestrga kiritilgan. Bu boradagi işlar hali oxiriga yetmagan. Hozir qaysi hududda neçta daraxt borligi sanab çiqilgani haqida ma'lumot beriş uçun ma'lumotlar bazasiga kirişim kerak.
Ammo bu borada işlar olib borilyapti va şu yil davomida oxiriga yetkaziladi.
«Ğafur Ğulom» va Milliy boğlaridagi daraxtlar statistikasi böyiça hozir menda ma'lumot yöq. Agar huquqbuzarlik sodir etilgani aniqlansa, joyiga çiqib, neçta daraxt qolganiga qarab neçtasi kesilganini aniqlaş mumkin.
— Bu kabi joylardagi daraxtlar quriliş boşlanişidan avval xatlovdan ötkaziladi. Bevosita quriliş davomida-çi?
— Bu borada meni öylantirib qöydingiz. Haqiqatan ham inspeksiya, uning hududiy bölimlari quriliş davom etayotgan paytdagi holatga e'tibor qaratişi lozim. Fikringizga qöşilaman. Bu masala böyiça yaqin soatlarda şuğullanamiz. Va bu haqda albatta jamoatçilikka ma'lum qilamiz.
— Oqova suvlar tarkibida zaharli moddalarni suv havzalariga oqizayotgan, havoga zararli çiqindilar çiqarayotgan, qurilişlar qiliş uçun hududni örab olib, heç kimga bildirmay daraxtlarni kesayotgan xususiy tadbirkorliklar hududiga kirişda ekologiya inspektorlarida muammolar bormi?
— Yöq, bu borada muammo yöq. Qonunçilikdagi sönggi özgarişlarga muvofiq, biz istalgan hududga kiriş imkoniyatiga egamiz. Faqat buning uçun öşa obekt egasini oldindan ogohlantirişimiz zarur.
Daraxtlarning noqonuniy kesilişi, hayvonlarni noqonuniy ovlaş va zaharli moddalar ajralişiga sabab böladigan çiqindilarni yoqiş va boşqa holatlarda biz xususiy obektlarni tekşiriş huquqiga egamiz. Bunday röyxat mavjud. Inspektorlar buning uçun voqea sodir bölganidan keyin 24 soat içida tekşirişlari mumkin. Faqat bizga qonunbuziliş holatlari aynan qayerda bölayotgani va qaysi sub'yekt qonunni buzayotgani haqidagi ma'lumot kerak. Buning uçun biz jamoatçilik kömagiga tayanamiz.
Daraxtlar kesilganini köz bilan körib aniqlaş mumkin, biroq boşqa holatlarda, deylik, suv, havo yoki yer ifloslantirilganida faqat qurilmalar yordamidagina aniqlaş imkoni bor. Laboratoriya xodimlari jalb qilinib, holat aniqlaştirilgaç, protokol tuziladi va şu asosda tekşiruv boşlaş mumkin. Tekşiriş 10 kun muddat içida amalga oşiriladi.
















