Bukingem saroyi şahzoda Harri va uning rafiqasi Megan Markl Britaniya qirollik oilasi a'zolari majburiyatlarini bajarişdan batamom voz keçganlarini tasdiqladi. Saroyda ta'kidlanişiça, qirollik oilasi bu qarordan qayğuda, biroq Sasseks gersogi va gersoginyasi qirollik oilasining suyukli a'zolari bölib qolişadi.
Endilikda şahzoda va malika barça harbiy unvonlardan mahrum böladilar hamda köplab xayriya taşkilotlari va ta'lim muassasalarining homiylari böla olmaydilar.
Şu bilan birga, ular Sasseks gersogi va gersoginyasi bölib qoladilar va Harri şahzoda unvonini saqlab qoladi.
Juftlik qirollik oilasi katta a'zolari maqomidan voz keçiş va qirollik oilasidan moliyaviy mustaqil böliş qarori haqida bir yil avval e'lon qilgandi. 2020 yil mart oyida şahzoda va malika qirollik oilasi a'zolari majburiyatlarini bajarişdan rasman voz keçişgan, biroq qiroliça bu masala böyiça yakuniy qarorga keliş uçun ularga bir yil muddat bergan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, juftlik ikkinçi farzand kutmoqda. Şahzoda va malikaning tönğiç farzandi Arçi may oyida 2 yoşga töladi.
Hozirda juftlik Kaliforniyada yaşamoqda.

















