Taşrif davomida prezidentga hamrohlik qilgan vazirlarga oson bölmadi. Ularning köpçiligi mehmonxonada ham körsatadigan loyiha taqdimotini qanday yetkaziş böyiça tayyorgarlik körişganiga guvoh böldik. Biroq ularning barçasi ham taqdimotdan keyin yaxşi gap eşitmadi. Aksariyat vazirliklarning loyihalari prezident tomonidan tanqid qilindi.
Xususan, uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri Şerzod Hidoyatov va uning örinbosari Sohib Saifnazarov işni töğri taşkil qilmagani uçun jiddiy tanbehlarni qabul qilib oldi.
Yöllar masalasida Farğonada dakki eşitgan Avtomobil yöllari qömitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev bu gal ham tanbehlardan quruq qolmadi.

Tadbirkorlar bilan uçraşuvlar
Taşrif davomidagi körsatmalarida davlat rahbari tadbirkorlikni rivojlantiriş va tadbirkorlar bilan işlaşga asosiy urğu qaratdi.
«Bozorov Namanganda yaxşi işladi. Katta korxonalar bölmagan Namanganda hokim böliş oson emas. Uning tadbirkorlar bilan birga işlagani viloyat rivojlanişiga xizmat qildi», – dedi xususan prezident.
Davlat rahbari öz quriliş loyihasini taqdim etgan tadbirkorlardan birini maqtab, unga yöl qurilişi böyiça loyihalarni berib, sinab köriş mumkinligini aytdi.




«Chust textile» korxonasida bölgan prezident yana bir tadbirkorning işiga yaxşi baho berdi. Korxona angar uslubidagi yengil metall konstruksiyadan qurilgani uçun qurilişning özida 6 million dollar iqtisod qilingani aytildi. Prezident tadbirkorning tejamkorligini olqişlab, qolgan tekstil korxonalariga ham şunday uslubni joriy qilişga topşiriq berdi.









































