O‘zbekiston | 08:38 / 23.02.2021
11586
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada «MAN» haydovchisi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Joriy yilning 21 fevral kuni soat 06:40larda fuqaro S.A. Yozyovon tumani Yangibo‘ston mahallasi hududida “MAN Trailer” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib uxlab qolgan. 

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u rul boshqaruvini yo‘qotib, avtomashinani chap tomonga burib yuborishi tufayli o‘zi bilan bir yo‘nalishda orqa tomonida harakatlanib kelayotgan, U.I. boshqaruvidagi “Nexia-2” avtomashinasining yo‘liga ko‘ndalang turib qolib  to‘qnashib ketgan. Oqibatda “Nexia-2” avtomashinasidagi yo‘lovchilar - Q.M. va voyaga yetmagan K.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Bundan tashqari, “Nexia-2” avtomashinasi yo‘lovchisi T.M. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid