Misr shimolida 13 kishidan iborat oila ikkita qayiqda kichik orolga hordiq chiqargani yo‘l olib, orqaga qaytishda halokatga uchradi. Ular ketayotgan qayiqlar to‘ntarilib ketgan. Buning sababi hozircha noaniq.
Ta'kidlanishicha, voqea Iskandariya yaqinidagi Burj-al-Arabdagi ko‘lda tunda yuz bergan. Halok bo‘lganlar mahalliy beduinlar bo‘lgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar 7 kishining jasadini topishga muvaffaq bo‘lishgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.











