O‘zbekiston va Misr o‘rtasida farmatsevtika sohasida yirik investitsiya loyihasi imzolandi
Misrning Solyphar kompaniyasi Toshkent viloyatida 120 turdagi dori mahsulotlarini ishlab chiquvchi zavod quradi. Loyihani amalga oshirish uchun 20 million dollar investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan.
23 fevral kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Misrning Solyphar kompaniyasi bilan «Tabletkalar, qattiq jyelatinli kapsulalar va dozalangan kukunlar shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish» bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berishicha, mazkur qo‘shma loyiha Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdul-Fattoh as-Sisining 2018 yil 4-5 sentyabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshiriladi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev Toshkent viloyatida barpo etilishi ko‘zda tutilgan korxona qiymati 20 million dollarni tashkil etishini aytib o‘tgan.
«Yillik ishlab chiqarish quvvati 500 million dona tabletka, 200 million dona kapsula va 10 million dona sasheni tashkil etadi. Jami, 120dan ortiq dori turlari ishlab chiqariladi. Yangi korxona zarur ishlab chiqarish amaliyoti - GMP talablariga javob beradi», deydi u.
Shuningdek, korxona ishga tushirilishi munosabati bilan 200dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Yangi va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali mahalliy mutaxassislarni yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga tayyorlashni tashkil etish rejalashtirilgan.
Avvalroq, Toshkent viloyati Zangiota tumanining 50 gektar maydonida farmatsevtika klasteri yaratilishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
17:57 / 19.11.2024
O‘zbekiston milliy regulyator organi ICH'ga kuzatuvchi maqomida rasman qabul qilindi
21:10 / 18.11.2024
Andijonda 1800 gektar yerning toifasi o‘zgartirilib, ishlab chiqarish majmualari quriladi
15:34 / 18.11.2024
Misr O‘zbekistonda qurilayotgan kimyo klasteri loyihasida ishtirok etmoqchi
19:10 / 13.11.2024