Özbekistonning AQŞdagi elçisi Javlon Vahobov Xalqaro ta'lim böyiça Amerika kengaşlari (American Councils) katta vitse-prezidenti Maykl Kertis bilan muzokaralar ötkazdi.

«Dunyo» ma'lum qilişiça, uçraşuvda Özbekistonda ta'lim dasturlarini amalga oşiriş böyiça taşkilotning joriy faoliyati, mamlakatda til örgatiş loyihalarining istiqbolli yönalişlarini joriy qiliş, şuningdek, American Councils’ni respublikada ingliz tilini öqitiş sifatini oşiriş jarayoniga jalb qiliş masalalari muhokama qilingan.
«Özbekistonda kadrlar salohiyatini sifat jihatdan yuksaltiriş va ularning bilimini oşiriş maqsadida yana 1000ga yaqin öqituvçi yuborilişi rejalaştirilgan», degan Maykl Kertis.
Taşkilot tomonidan 2022 yil oktyabr oyiga qadar English Speaking Nation dasturi doirasida Özbekistondagi örta maktablarda 15 mingdan ziyod ingliz tili öqituvçisining malakasini oşiriş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, FLEX dasturi doirasida respublika umumta'lim maktablarining 40 nafar yuqori sinf öquvçisini AQŞga jönatiş rejalaştirilgan. Faculty Enrichment Program dasturi orqali esa 30 nafar mahalliy öqituvçi AQŞda almaşinuv kurslarida qatnaşadi.
Muzokaralar yakunida tomonlar 2021-2022 yillarda Özbekiston fuqarolari uçun ta'lim loyihalari sohasida grant kömagi hajmini oşiriş, Amerikaning yetakçi universitetlarini jalb qilgan holda respublikada ta'lim körgazmasi taşkil etiş, ingliz tili böyiça test sinovlari markazlari (TOEFL) faoliyatini kengaytiriş va boşqa yönalişlarda özaro hamkorlikni rivojlantirişga kelişib oldi.
Ma'lumot uçun, American Councils - bu AQŞning notijorat taşkiloti bölib, madaniy almaşinuv, til örganiş va kasb malakasini oşiriş orqali xalqaro ta'lim dasturlarini tarğib qilişga ixtisoslaşgan. Taşkilot 90ta mamlakatda turli loyihalarni amalga oşirmoqda. Bugungi kunga qadar 94 mingdan ortiq bitiruvçi American Councils ta'lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan. Uşbu nodavlat taşkilot 2018 yilda Özbekistonda ham öz faoliyatini boşlagan. Bugungi kunda respublikada ta'limni rivojlantiriş böyiça umumiy qiymati 50 million dollarlik grant loyihasini amalga oşirişda iştirok etmoqda.
- Avvalroq, Özbekistondagi ta'lim muassasalarida dars beriş uçun AQŞdan 27 nafar ingliz tili öqituvçilari kelgani










