O‘zbekistonda koronavirusga qarshi eng birinchi emlanadigan aholi toifasini elektron ro‘yxatga olish boshlandi
O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonida birinchi navbatda emlanadigan toifa vakillarining elektron ro‘yxatini shakllantirish ishlari boshlangan. Bu haqda Kun.uz muxbiriga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Nurmat Otabekov ma'lum qildi.

«Yurtimizda aholini koronavirusga qarshi emlash jarayonida mazkur kasallikni yuqtirib olish va har xil asoratlar yuzaga kelishi ehtimolidan kelib chiqib, emlanishi lozim bo‘lgan aholi qatlami ikki toifaga ajratilgan. Bular yuqish xavfi o‘ta yuqori bo‘lgan toifa va yuqori bo‘lgan toifalardir.
Demak, birinchi navbatda yuqish xavfi o‘ta yuqori bo‘lgan aholi, keyingi navbatda yuqish xavfi yuqori bo‘lgan aholi qatlami va undan keyin esa aholining qolgan qismi emlanishi ko‘zda tutilgan.
Har bir qatlamga mansub aholi vakillarining elektron ro‘yxatini shakllantirish ishlari boshlangan. Respublikada koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlangandan keyin har bir emlangan shaxs haqidagi ma'lumotlar elektron bazaga kiritib boriladi. Keyinchalik emlangan aholining immun tizimi darajasi, antitanachalar titri (miqdori) va hosil bo‘lgan immunitetning nechog‘liq turg‘unligi baholab boriladi», deydi shtab a'zosi.
Qayd etilishicha, birinchi navbatda emlanadigan kasallik yuqish xavfi o‘ta yuqori bo‘lgan aholi toifasiga keksalar, tibbiyot xodimlari, surunkali kasalliklari bo‘lgan aholi vakillari kiritilgan bo‘lsa, keyingi bosqichda emlanadigan kasallik yuqish xavfi yuqori bo‘lgan aholi toifasiga maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari, qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar, xorijda tahsil oluvchi talabalar va mehnat muhojirlari kiritilgan.
Koronavirusga qarshi emlanadigan aholi ro‘yxatini elektronlashtirish ishlari Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamkorligida amalga oshirilmoqda.
- Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilgi davlat dasturida rejalashtirilgan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda koronavirusga qarshi emlash ishlarini tezroq boshlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
- Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Botir Qurbonov O‘zbekistonda ommaviy emlash ishlari mart oyida boshlanishi, yil yakuniga qadar aholining 20 foizi emlanishini ma'lum qilgan edi.
- 22 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan yig‘ilishda sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyevning aholini koronavirusga qarshi emlash borasida rejalashtirilayotgan ishlarga oid axborotida birinchi navbatda vaksina oluvchilar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilishi ma'lum qilingan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: «Aftidan, Putinga Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari ahamiyatsiz»
Jahon | 13:38
-
Starmer Shimoliy Irlandiyadagi ruminlarga qarshi tartibsizliklarni qoraladi
Jahon | 12:41
-
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Lavrovga qo‘ng‘iroq qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman
Jahon | 12:15
-
Hafta oxirida harorat ko‘tariladi
O‘zbekiston | 12:10
Mavzuga oid

15:00 / 10.06.2025
O‘zbekistonda bolalar orasida Koksaki virusi avj olayotgani haqidagi xabarlar asossiz – SSV

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi

17:46 / 27.02.2025