Özbekistonda aholini koronavirus infeksiyasiga qarşi emlaşni amalga oşiriş böyiça maxsus işçi guruh tuzilgan bölib, ayni paytda qayerdan va qança miqdorda vaksina olib kelinişi yuzasidan muzokaralar va örganişlar olib borilmoqda.

«Bizdagi aniq ma'lumotlarga köra, joriy yilning mart oyida koronavirusga qarşi vaksina keltiriladi. Bunda birinçi navbatda 85 yoşdan oşganlar, undan keyin 75 yoşdan 84 yoşgaça bölganlar, keyingi bosqiçda esa 65 yoşdan 75 yoşgaça bölganlar emlanadi. Şu tariqa, emlaş jarayoni bosqiçma-bosqiç yoşarib boraveradi. Birinçi bölib vaksina oladigan yana bir toifa - tibbiyot xodimlari, çunki ular kasallik bilan yuzma-yuz kelişadi. Pandemiya davrida kasallikni yuqtiriş oqibatida bir qança şifokorlarimiz hayotdan köz yumgani barçamizga ma'lum.

2021 yil yakuniga qadar respublikamiz aholisining 20 foizga yaqini emlanişi rejalaştirilgan. Uşbu kasallikka kuraşişning eng samarali yöli - aholining vaksinatsiyalanişi hisoblanadi. Aholining qançalik köp qismi emlansa, epidemiologik barqarorlik saqlab qolinişiga erişiladi», degan Botir Qurbonov.