Pfizer va BioNTech farmatsevtika kompaniyalari özlarining koronavirusga qarşi emlaşning uçinçi dozasi samaradorligini va inʼeksiya xavfsizligini sinaş uçun sinovlarni boşladilar.
“Pfizer va BioNTech SARS-CoV-2’ning yangi variantlaridan kelib çiqqan COVID-19'ga qarşi immunitetni kuçaytiruvçi vositaning ta'sirini aniqlaş uçun, COVID-19 BNT162b2 vaksinasining uçinçi dozasi xavfsizligi va immunogenligini baholaşni boşlaganliklarini e'lon qilişdi”, deb Amerikaning Pfizer farmatsevtika kompaniyasi saytida aytilgan.
Sinovlarda ikki xil yoşdagi guruhlarda 18 yoşdan 55 yoşgaça va 65 yoşdan 85 yoşgaça bölgan kamida 144 kişi iştirok etadi.
Ta'kidlanişiça, yangi tadqiqot COVID-19 tarkibidagi yangi mutatsiyalarga qarşi kuraşda emlaşning ta'sirini örganişga yordam beradi.
Avvalroq, tadqiqot Pfizer vaksinasining samaradorligi 94 foizni körsatgani haqida xabar berilgan edi.














