2022-2023 öquv yilidan boşlab Içki işlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim bakalavriatiga respublikamizning barça hududlaridagi örta umumta’lim maktablari bitiruvçilari hamda örta maxsus ma’lumotga ega talabgorlar qabul qilinadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi “Özbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlaş va uni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-27-son farmoniga binoan, nomzodlarni qabul qilişda umumiy kvotaning 10 foizi örta umumta’lim maktablari bitiruvçilari hamda örta maxsus ma’lumotga ega fuqarolarga, 90 foizi idoraviy akademik litseylar, harbiy akademik litseylar bitiruvçilari, içki işlar organlari xodimlari hamda profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçilariga ajratiladi.
Amaldagi tartibga köra, nomzodlarning yoşi 17 dan kiçik va 25 dan katta bölmasligi, yigitlarning böy-basti 165 santimetrdan, qizlarniki 160 sm.dan past bölmasligi şart.
IIV Akademiyasida öqiş istagida bölgan yoşlar doimiy yaşaş joyidagi hududiy içki işlar organlariga murojaat qilişlari mumkin.
Me’yoriy hujjatlar talablari asosida arizalarni qabul qiliş joriy yilning 15 noyabridan boşlangan bölib, 2022 yilning 15 fevraliga qadar davom etadi.
IIV Akademiyasi Kadrlar bölimiⓉ











