Jahon | 18:10 / 02.03.2021
3159
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston prezidenti bosh shtab boshlig‘ini ishdan bo‘shatishni yana bir bor rad etdi

Shu bilan birga, Armen Sarkisyan ushbu masalaning konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash maqsadida konstitutsiyaviy sudga murojaat qiladi.

Foto: Vahram Baghdasarya/Reuters

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan bosh vazir Nikol Pashinyanning qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyanni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi takroriy taklifini tasdiqlamadi.

 "Respublika prezidenti farmon loyihasini imzolamaslikka qaror qildi”, deyiladi Armaniston prezidenti apparati xizmatida.

Shu bilan birga, xabar qilinishicha, Armen Sarkisyan ushbu masalaning konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash maqsadida konstitutsiyaviy sudga murojaat qiladi.

25 fevral kuni Armaniston qurolli kuchlari bosh shtabi bosh vazir Nikol Pashinyanning iste'fosini talab qilib chiqqandi. Pashinyan bunga javoban, davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lganligini aytgan va bosh shtab boshlig‘i Onik Gasparyanni lavozimidan bo‘shatishni so‘rab mamlakat prezidentiga taklif kiritgandi. Ammo Armen Sarkisyan bosh vazirning taklifini imzolamadi.

Pashinyan bosh shtab boshlig‘ini bo‘shatish taklifini prezidentga qayta jo‘natdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid