Andijon viloyati Marhamat tumani xalq ta’limi bölimi mudiri A.A. va bir neça şaxslar til biriktirgan holda 216,8 mln söm budjet mablağini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş departamentidan ma’lum qilişlariça, 2019 yilda «J.S.» MÇJ tomonidan tumandagi 4 ta maktabning isitiş tizimlarini mukammal ta’mirlaş böyiça smeta hujjatlari işlab çiqilgan. Ammo hujjatlarda körsatilgan jami 421,7 mln sömlik xorijda işlab çiqarilgan «Kozlusan» rusumli isitiş qozonlari örniga 205 mln sömlik boşqa rusumdagi isitiş qozonlari örnatilgan.
J.S. va boşqalar rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlarni kiritiş yöli bilan 216,4 mln söm budjet mablağlarini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Talon-toroj qiliş) va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat işi qözğatildi.

















