Toşkent viloyatining Ohangaron şahrida eng namunali uçta mahalla raislariga Hindistonning Agra şahriga sayohat, jumladan, Toj-Mahalga yöllanma beriladi. Bu haqda şahar hokimi Akram Eşonqulov ma'lum qildi.

Unga köra, konkurs doirasida joriy 1 martdan boşlab uç oy davomida mahallalarning obodonlik darajasi, madaniy-ma'rifiy faolligi, jinoyatçilikka qarşi kuraş borasidagi tadbirlar, yoşlar va ayollar bilan işlaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş kabi qator körsatkiçlar böyiça baholanadi.

«Biz davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan islohotlar mahalladan boşlanadi, degan tamoyil asosida işimizni tubdan qayta körib çiqyapmiz. Şahrimizdagi 21ta mahalla kesimida mavjud muammolarni örganib, tahlil qilib, tegişli dastur işlab çiqamiz. Bunda bizga Toşkentdan kelgan işçi guruh – Toşkent şahar Olmazor tumani hokimligi, Taşqi işlar vazirligi va «Ipoteka» banki vakillari yaqindan yordam bermoqda», deya ta'kidlagan hokim.

Şuningdek, Akram Eşonqulov konkurs haqida izoh bergan.

«Biz öz oldimizga qöygan maqsadga erişiş uçun faqat talab qiliş emas, balki rağbatlantiriş tamoyillariga ham amal qilyapmiz. Şu maqsadda eng namunali mahallalar raislarini aniqlaş uçun konkurs e'lon qildik. Konkursda birinçi, ikkinçi va uçinçi örinni olgan ğoliblarga Hindistonning Agra şahridagi maşhur tarixiy obida - dunyoning yetti möjizasidan biri hisoblangan Toj-Mahal ziyorati uçun yöllanma beriladi», degan u.