«Shaxslar yetishib chiqmas ekan, rivojlanish bo‘lmaydi» – «Qo‘rqma» romani taqdimoti o‘tkazildi
27 yanvar kuni Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida yozuvchi Javlon Jovliyevning «Qo‘rqma» romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi
Kun.uz muxbiriga ko‘ra, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkillangan tadbirda yozuvchi, shoir va adabiyotshunos olimlar, kitobxon hamda yozuvchining oila a'zolari ishtirok etgan.
Roman o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida Germaniyada tahsil olgan va sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan shafqatsizlarcha qatl qilingan o‘zbek millati yigit-qizlarining xotirasiga bag‘ishlangan.

Unda Germaniyada o‘qigan talabalar, ular maslagi va fojiali qismati bugungi yoshlar maqsadi bilan bir taroziga tortiladi.Shu boisdan, asarni millatning g‘ami, alami, qusurlarini yaxshi his qilgan yozuvchining shu millatni uyg‘otishga intilishi, ovozi, chorlovi sifatida ham baholash mumkin.
Tadbir davomida akademik Naim Karimov so‘z olib, roman mutolaasidan keyingi xulosalari haqida gapirdi.
«Romanni o‘qib chiqdim. U bugungi yoshlarning ongini, bilimga intilishini ko‘taradigan, ruhiyatidagi qo‘rquvni yo‘qotishga chindan yordam beradigan roman bo‘lgan», – dedi u.
Filologiya fanlari doktori Bahodir Karimovga ko‘ra, «Qo‘rqma» romanini o‘zbek adabiyotidagi yangi bosqich sifatida baholash mumkin.
«O‘zbek adabiyotida 500ga yaqin romanlar yozilgan. Agar adabiyotimizdagi har bir romanni ramziy tarzda yo‘ldagi bekatlar deb olsak, «Qo‘rqma» bu yo‘lda shunday bir bekatki, unda o‘zbek o‘quvchilari uzoq o‘tirish, o‘ylash va achchiq xulosalar qilishga majbur bo‘ladi», dedi professor.
Tadbir yakunida yozuvchi Javlon Jovliyev Kun.uz muxbiriga roman yozilishiga sabab bo‘lgan holat va maqsadlar haqida gapirib berdi.
«Roman jadidlar tomonidan Germaniyaga yuborilgan 70 talaba taqdiri haqida. Bu talabalar taqdiri bilan 2016 yilda, «Ular Germaniyada o‘qigan edilar» nomli kitob orqali tanishgandim.
Men o‘sha paytda talaba edim, yotoqxonada yashardim. Kitobni tugatgan kuni men o‘zimda emasdim. Meni ularning taqdiri bilan atrofimdagi talabalar, o‘zim, umuman, biz tushib qolgan ahvol og‘riq bilan, tinimsiz qiynay boshladi.
Ularning maqsadi nima-yu, biz qanday maqsad bilan yashayapmiz, degan savol ustida izlanaverdim. Buning uchun hatto o‘quv amaliyotimni «Shaxidlar xotirasi» davlat muzeyiga oldim. Muzeydagi arxivlardan ularning bir-biriga yozgan xatlari, izlanishlari, sud hujjatlari, matbuotdagi chiqishlari bilan tanishdim. Bu tanishuvlarda 70 nafar talabaning har biri katta-katta ixtirolar ustida ishlagani va bu ixtirolarni ular mamlakat, uning kelajagini yaxshilash maqsadida qilganini tushunib yetdim.
Tarixning takrorlanuvchi qudrati bor. Qarang, o‘sha paytda talabalar «Biz qachongacha Olmoniyaga havas qilamiz?», degan achchiq savolni o‘zlariga bergan. Afsuski, biz hozir ham Germaniya yoshlariga havas qilamiz?
Agar millat ichida shaxslar tarbiyalanmas, yetishib chiqmas ekan, rivojlanish bo‘lmaydi.
Romanni yozish davomida shu paytga qadar odatiy bo‘lib kelgan nasr uslubidan qochishga harakat qildim. Voqealarni o‘ziga hos bir ruhda yetkazishga intildim. Asarda bugungi davr taloto‘plarini berishga harakat qilganman», – dedi muallif.
Kitob «Asaxiy books» loyihasi doirasida «Nihol» nashriyoti tomonidan nashr qilingan.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi
Jahon | 13:12 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«PSJ» egalari yana bir klubni sotib olmoqchi
Sport | 01:40
-
The Atlantic Tramp jamoasining Yamanga hujumni muhokama qilgan chatiga oid yangi skrinshotlarni e’lon qildi
Jahon | 00:46
-
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas O‘zbekistonga keladi
Jahon | 23:50 / 26.03.2025
-
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi
Jahon | 23:36 / 26.03.2025
Mavzuga oid

22:05 / 17.03.2025
Yoshlar yetakchilari “Ibrat Academy” ilovasining pulli versiyasini sotib olishga majburlangani aytildi. Agentlik buni rad etdi

12:19 / 12.03.2025
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi

20:50 / 27.02.2025
Amaldorlar daraxtlarni kesayotganda yoshlarni daraxt ekishga ilhomlantirish mumkinmi? – mas’ullarning javobi

10:29 / 06.02.2025