Respublika sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği örinbosari Botir Qurbonov Özbekistonda aholini emlaş jarayonlarining amalga oşirilişi keçikişi bilan boğliq holatlarga izoh berdi.

«Yurtimizda aholining 20 foizini emlaş uçun vaksinalar 2021 yilning boşida buyurtma berilgan. COVAX dasturi böyiça Özbekiston ham vaksina bilan ta'minlanadi.

Lekin vaksina işlab çiqaruvçi davlatlar emlanuvçi aholi köpligi uçun barça ehtiyojlarni töliq qamrab olişi qiyin bölyapti. Avvalo kam ta'minlangan davlatlarga vaksina yetkazib berilmoqda. Bosqiçma-bosqiç örtaça rivojlangan davlatlarga qarab ta'minlab kelinmoqda.

Respublikamizga ham mart oyi örtalarida COVAX’ga a'zo davlatlar singari vaksina yetib keladi», dedi Botir Qurbonov.

Bundan taşqari, Özbekiston hammuallif hisoblangan ZF-UZ-VAS 2001 vaksinasini işlab çiqariş boşlangan. Bu vaksina bilan emlaş ham mart oyida amalga oşiriladi.

Ta'kidlanişiça, joriy yilda 4 million nafardan ortiq aholi COVID-19’ga qarşi heç qanday tölovsiz emlanadi.

Avvalroq COVAX tomonidan 2020 yil yozigaça 142 mamlakatga qariyb 240 mln doza vaksina tarqatilişi va yetkazib beriş muddati turli omillar, jumladan, muvofiqlaştiruvçi organlarning talablari, tasdiqlangan milliy emlaş rejalariga boğliqligi xabar berilgan edi.