Kun.uz muxbiri xabar berişiça, Botir Qurbonov Toşkent viloyatidagi Zangiota maxsus şifoxonasida bemorlar sonining oşişi ayrim xorijiy manbalar tomonidan respublikaga “hindça” ştamm kirib kelgani bilan boğlanayotganini aytib, bu ma'lumotlarning asossiz ekanini ma'lum qildi.

“Hindça” ştamm Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Ilğor texnologiyalar markazida aniqlangan. Ammo bu ştamm aniqlangan fuqaro va uning qaysi davlatdan kirib kelgani haqidagi barça ma'lumotlar hali oçiqlanmadi. Şu keça-kunduzda bu haqda töliq ma'lumot beriladi. Bu ştammning kirib kelişidan juda qörquvga tuşiş şart emas. Lekin bu ştamm nisbatan tez yuquvçanligi va oğir keçişi bilan boşqalaridan ajralib turadi”, dedi SES boşliği örinbosari. 

Uning ta'kidlaşiça, uşbu ştamm hozirgaça dunyoning 80ta davlatida aniqlangan bölib, Özbekistonda ham şu paytga qadar bu davlatlar bilan aloqalar mavjud edi. Bu davlatlarda hozirgi kunda “qora moğor” kasalligi ham katta xavf solib turibdi.

“Qora moğor” boşqa turdagi kasallik bölib, koronavirus infeksiyasiga çalingan bemorning nafas oliş apparatlari yoki boşqa davolaş vositalarining zararsizlantirilmasdan foydalanilişi oqibatida kelib çiqadi. Özbekistonda esa bunday jihozlarning aksariyati bir marta işlatişga möljallangan va bu zaxira 3 oyga yetadi”, deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.