Botir Qurbonov «hindça» ştamm koronavirusning boşqa turlaridan özining tez yuquvçanligi bilan farq qilişi, ammo «qora moğor» kasalligini bu ştamm bilan boğlaş notöğri ekanligini ta'kidladi.
«Qora moğor» kasalligi «britança» ştammda ham, «uhan» ştammida ham bölişi mumkin. «Qora moğor» özbekistonliklar uçun heç qanday xavfli emas. Çunki bu kasallik çetdan kelmaydi. Bu davolaş vositalarining zararsizlantirilmasligidan kelib çiqadigan zamburuğli kasallik hisoblanadi», dedi u.
Ştab a'zosi hozirgi vaqtda koronavirusdan kasallaniş holatlari köpayişi yangi tölqindan dalolat emasligini, kasallaniş holatlari böyiça raqamlar turliça bölayotganini aytdi.
«Kasallikning köpayişi yoki kamayişi fuqarolarimizning özlariga boğliq. Keraksiz tadbirlardan voz keçiş, majlis va yiğilişlarni kamaytiriş, imkon qadar töplanişlarning oldini oliş kasallikning oldini olişga xizmat qiladi», — deya ta'kidladi u.
24 iyun kuni koronavirusning yangi ştammi – dastlab ötgan yil kuzida Hindistonda qayd etilgan «Delta» ştammi Özbekistonda ham aniqlangani haqida xabar berilgandi. Bu ştamm avvalgilariga qaraganda tezroq tarqaladi va ölim xavfi ham yuqori hisoblanadi.

















