May oxiriga qadar COVAX dasturi böyiça 142 mamlakatga 237 million doza AstraZeneca vaksinasini yetkazib beradi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Yetkazib beriş muddati turli omillar, jumladan, muvofiqlaştiruvçi organlarning talablari, tasdiqlangan milliy emlaş rejalariga boğliq böladi.

Qöşimça qilinişiça, yilning birinçi çoragida 1,2 million doza Pfizer-BioNTech vaksinasini ham yetkazib beriş rejalaştirilgan.

COVAX’ning vazifasi 2021 yil oxirigaça JSST tomonidan tasdiqlangan 2 milliard doza xavfsiz va samarali vaksinani taqsimlaşdan iborat. Vaksinalar barça qatnaşçi davlatlar örtasida ularning aholi soniga mutanosib holda teng taqsimlanadi.

Ötgan haftada Gana COVAX dasturi böyiça vaksina olgan dunyodagi birinçi mamlakat böldi.

2 mart kuni esa Angolaga uşbu dastur doirasida 600 ming dozadan ortiq koronavirusga qarşi vaksina yetkazib berildi.