Bugun, 3 mart kuni xalq deputatlari Kogon şahar kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar bermoqda.
Sessiyada söz olgan viloyat hokimi Botir Zaripov Kogon şahri iqtisodiy salohiyati bilan viloyatda alohida öringa egaligi, xususan, savdo, xizmat körsatiş va sanoatga ixtisoslaşgan hamda transport logistikasi uçun qulay tranzit hududlardan biri ekanligini alohida ta'kidladi. Biroq, sönggi yillarda sektorlar rahbarlari tomonidan şaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, ayniqsa, aholi bandligini ta'minlaş va kambağallikdan çiqariş, infratuzilma va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari holatini yaxşilaşga yetarliça e'tibor qaratilmagani qayd etildi.


Sessiya kun tartibida taşkiliy masala körildi. Botir Zaripov 2018 yildan beri Kogon şahriga rahbarlik qilib kelgan Hakim Hoşimovni lavozimidan ozod etiş töğrisidagi qarorni öqib eşittirdi. Deputatlar tomonidan Kogon şahar hokimi vazifasini bajaruvçi etib Hayot Davlatov nomzodi tasdiqlandi.

Hayot Davlatov 1979 yilda Peşku tumanida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, 1999 yilda Sankt-Peterburg davlat universitetini, 2006 yilda Buxoro davlat universitetini hamda 2011 yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi-menejment, iqtisodçi.

U iş faoliyatini Buxoro viloyati monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş hududiy boşqarmasida oddiy nazoratçi sifatida boşlab, Buxoro viloyati hokimligi iqtisodiyot boş boşqarmasi boşliği örinbosari, Buxoro viloyati qurilişda tanlov savdolari va narxlarni şakllantiriş konsalting markazi direktori, Buxoro viloyati Investitsiya boş boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan. Şu vaqtga qadar Buxoro viloyati quriliş boş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
Kogon şahrining qolgan uçta sektor rahbarlari - şahar prokurori, içki işlar bölimi boşliği va davlat soliq inspeksiyasi boşliği ham lavozimidan ozod etilgan edi. Sessiyada uşbu lavozimlarga ham yangi rahbarlar tayinlanganligi ma'lum qilindi. Jumladan, Kogon şahar prokurori lavozimiga




















