Kun.uz muxbiri xabariga köra, tadbir davomida taşkillaştirilgan matbuot anjumanida OAV xodimlari jamiyat mutasaddilaridan Equinox singari qimmat avtomobillarni çet eldan olib kelib, ustiga 50 foiz mablağ qöyilib sotilayotgani böyiça izoh söraşdi.

“UzAuto Motors AJ Equinox, Malibu va Trailblazer kabi maşinalarning importyoriga, sotuvçisiga aylandi, degan gaplar paydo böldi. Şuning uçun aytib ötmoqçiman, ötgan yili 280 mingta maşina işlab çiqardik. Equinox va Malibu kabi maşinalar 10 mingta sotilgan. Nisbatini olsak, neçta maşina tayyor holatda olib kirib sotildi, neçta maşina işlab çiqarildi, deganda qimmat avtomobillar sotuvi 5 foizdan oşmaydi. Ya'ni, mahsulotlarning 5 foizini olib kirib sotyapmiz, 95 foizini özimiz işlab çiqaryapmiz.
UzAuto Motors biznes modeli şunday qilinganki, iloji boriça ommaga moslaşgan maşinalarga minimal daromad qöyilgan. Tijorat sirini oçyapman sizlarga, ba'zilarida, masalan, Spark va Nexia kabi maşinalarda daromad umuman yöq. Nafaqat daromad, balki yöqotiş bor. Şuning uçun ommaga arzonroq maşina yetkaziş imkoniyatini yaratiş maqsadida biz qimmat maşinalar daromadini baland qilib qöyamiz. Bu - qimmat maşinadan olayotgan daromadimiz hisobiga arzon maşina yöqotayotgan pulni qoplaş uçun öylangan tadbir.
Aniq misol, Spark bilan Nexia’dan ötgan yili 550 mlrd söm pul yöqotdik. Bu sof ziyon. Qimmat maşinalardan 500 mlrd söm foyda kördik. Sizlarga savol, sizlar ham menga öxşagan fuqarosizlar. Mana şu Equinox, Malibu narxlarini tuşirib, Spark, Nexia narxini kötarib qöygan yaxşimi yoki hozirgi holatda biznes modelni davom ettirgan yaxşimi, degan savol turibdi-da. Nima deb öylaysizlar?” - dedi “Özavtosanoat” boşqaruv raisi örinbosari Azizbek Şukurov.















