2021 yildan boşlab oliy ta'lim muassasalariga qabul qilişda milliy sertifikatsiya tizimi joriy qilinmoqda. Bu tizim 7 ta fandan: birinçi bosqiçda ona tili va adabiyot (özbek tili va adabiyoti; rus tili va adabiyoti; qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlaridan, ikkinçi bosqiçda kimyo va biologiyadan, uçinçi bosqiçda fizika, geografiya va tarix fanlaridan yölga qöyilişi közda tutilgan.
Mazkur sertifikatni beriş uçun tuziladigan test savollari davlat ta'lim standartlariga mos ta'lim öquv dasturiga muvofiq Xalq ta'limi vazirligi va Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oşiriladi. Buni işlab çiqişda Angliya, AQŞ va Rossiya kabi mamlakatlar test tizimlari örganib çiqilgan. Inspeksiya huzuridagi Milliy tadqiqotlar markazi tomonidan PISA, PIRLS kabi xalqaro tadqiqotlar ham örganilgan.

«Izlanişlar natijasida ma'lum böldiki, hozirgi test tizimimiz faqatgina xotirani aniqlaşga, yod olişga qaratilgan. Şuning uçun OTMga kirmoqçi bölgan abituriyent repetitorlardan kömak izlaşi tabiiy. Maktablarda ayni paytda bolalarni izlanuvçanlikka, kreativ yondaşuvga undaydigan tizim yölga qöyilyapti. Bu tizim orqali bir neçta samarali jarayonlar yölga qöyiladi: ta'lim jarayoni qatnaşçilarining ta'limga munosabati, test tizimida öquv metodikasi va nihoyat ta'lim sifati özgaradi», deydi inspeksiya mutaxassisi.
















