Içki işlar vazirining şaxsiy tarkib böyiça buyruği bilan yangi lavozim tayinlovlari amalga oşirildi.

IIV Kadrlar boş boşqarmasi xabariga köra, mayor Zahiriddin Sadriddinoviç Sobirov Sirdaryo viloyati Yangiyer şahar IIB boşliği lavozimiga tayinlandi.
Zahiriddin Sobirov 2019 yil oktyabridan buyon Sirdaryo viloyati Şirin şahar IIB boşliği lavozimida faoliyat yuritgan. U Yangiyerda 2017 yil yozidan buyon işlab kelgan Obidov Uluğbek Obid öğlining örnida iş boşladi.

Zahiriddin Sobirov örniga Şirin şahar IIBning yangi boşliği etib podpolkovnik Akmal Ne'matoviç Xolmatov tayinlandi.
Tayinlovga qadar A. Xolmatov Sirdaryo viloyati IIB bölim boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Iqboljon Abdubannoboviç Hamroqulov Farğona viloyati Quvasoy şahar IIB boşliği lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar I. Hamroqulov Farğona viloyati IIB bölim boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.
Quvasoy şahar IIBga 2020 yil aprelidan buyon rahbarlik qilib kelgan podpolkovnik Elyorbek Ğaniyev 2021 yil yanvarida Farğona viloyati IIB boşliğining birinçi mintaqaviy hudud böyiça vakili – mintaqaviy muvofiqlaştiriş markazi boşliği lavozimiga tayinlangandi.


















