Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning ikkita viloyatida IIBga yangi boshliqlar tayinlandi
Andijon viloyati IIB boshlig‘i Azat Tasbayev Navoiy viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi. Uning o‘rniga Andijon viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi.
Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. IIV Kadrlar bosh boshqarmasi xabar berishicha, polkovnik Azat Tasbayev Navoiy viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Azat Damirovich Tasbayev 2018-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan, 2020 yil martida Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
U endi 2018 yildan beri Navoiy viloyati IIB boshlig‘i sifatida ishlagan, 2021 yil fevralida Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan polkovnik Rustam Tursunov o‘rnida ish boshlaydi.
O‘z navbatida, Tasbayevning o‘rniga polkovnik Ayubxon Rahmatullayev Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar A.Rahmatullayev IIV Moliya va moddiy-texnika ta'minoti departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
15:40 / 06.05.2026
Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi
22:44 / 02.05.2026
Navoiyda ma’danli toshlarni qazish va oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026