Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda «Kamaz» yuk mashinasi yonib ketdi
M39 xalqaro avtomobil yo‘lining Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Bibiqorasoch mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida «Kamaz» yuk mashinasi yonib ketgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 4 mart kuni soat 15:45 lar atrofida M39 xalqaro avtomobil yo‘lining Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Bibiqorasoch mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida «Kamaz» yuk mashinasi yonib ketgan. Yong‘in Dehqonobod tuman FVB yong‘inga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘chirilgan. Ammo ungacha yuk mashinasining kabina, motor qismi va shinalari yonib, yaroqsiz holga kelgan. Ma'lum bo‘lishicha, mazkur yuk mashinasi tirkama bilan harakatlangan.


Qayd etilishicha, mazkur yuk mashinasining haydovchisi bo‘lgan G‘uzor tumanida yashovchi shaxs yuk mashinasida Shahrisabz shahridan Termiz shahriga qadoqlangan suv olib ketayotgan bo‘lgan. Yong‘indan hech kim jabrlanmagan. Ta'kidlanishicha, ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026