Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda bolalar gematologiya va onkologiyasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda yiliga o‘rta hisobda 1300 nafargacha 0-18 yosh bo‘lgan bolalarda gematologik va onkologik kasalliklar birinchi bor qayd etilib, jami kasallanganlar soni 100 ming bolalar aholisiga nisbatan 7,5 birlikni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich AQShda 17,0, Rossiyada 11,2, Qozog‘istonda 9,7 birlikni tashkil etadi.
Qaror loyihasi quyidagilarni belgilaydi:
O‘zbekistonda bolalar gematologiya va onkologiyasi sohasini rivojlantirish konsepsiyasi;
O‘zbekistonda bolalar gematologiya va onkologiyasi xizmatini 2025 yillargacha bosqichma-bosqich rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish samaradorligini aniqlash indikatorlari;
Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekistonda bolalar gematologiya va onkologiyasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi, «Yo‘l xaritasi» tasdiqlanadi:
bolalarda gematologik va onkologik kasalliklarga tashxis qo‘yish uchun tibbiyot muassasalarini zaruriy diagnostik jihoz (reagent, sarf anjomlari va b.) bilan ta'minlanish darajasini ikki barobarga oshirish;
bolalardagi gematologik va onkologik kasalliklarni davolash uchun zarur dori vositalari bilan ta'minlanganlik darajasini 2021 yilda ikki barobarga va keyingi yillarda bosqichma-bosqich oshirib borish;
bolalar gematologiya va onkologiyasi xizmati moddiy-texnika bazasini yaxshilash;
sohada suyak ko‘migi, o‘zak hujayra transplantatsiyasi kabi yuqori texnologik amaliyotlarni joriy etish;
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab “Bolalar gematologiya va onkologiyasi” mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslik, magistratura va klinik ordinaturada kadrlarni davlat grantlari asosida tayyorlash;
hududlardagi soha mutaxassislarini asosiy ish joylarida oylik maoshi saqlab qolgan holda “Bolalar gematologiya va onkologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha budjet asosida o‘qitish, respublikaning yetakchi tibbiyot muassasalarida stajirovka o‘tishi va malaka oshirishini tashkil etish.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan:
Respublika Milliy bolalar tibbiyot markazida 60 o‘rinli bolalar gematologiya va onkologiyasi bo‘limi tashkil etiladi;















