Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi
Bugun, 5 mart kuni soat 9:30da Qamchiq dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Qamchiq dovonida tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgani bois, dovon avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida tegishli tashkilotlarning xodimlari tomonidan olib borilgan zaruriy profilaktik tadbirlar natijasida soat 9:30da dovon avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.
Ma'lumot uchun, 5 mart kuni respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Havo harorati 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.
Mavzuga oid
11:22 / 17.01.2026
Qamchiq dovonida qor va tuman tufayli ko‘rinish masofasi qisqardi
11:11 / 16.01.2026
Qamchiq dovonida qor yog‘moqda: yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepilmoqda
14:04 / 26.12.2025
Qamchiqda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan haydovchi shifoxonaga olib ketildi
09:45 / 20.12.2025