BBC’ning Devid Attenboro tomonidan suratga olingan «Dynasties» («Sulolalar») deb nomlangan hujjatli filmida tasvirçi yordamçisi bölib işlagan Kristman özining «Penguin: A Story of Survival» («Pingvin: omon qoliş haqida hikoya») nomli kitobida Antarktidada olgan ba'zi fotosuratlarini e'lon qildi.

Kristman Antarktidadagi ilk qişini 2012 yilda – Alfred Vegener institutida geofizik bölib işlagan kezlarida keçiradi. U qariyb 15 oyni Atka körfazi yaqinida joylaşgan va har yili minglab imperator pingvinlari töplanuvçi institut stansiyasida ötkazadi.

Fotosuratçi Antarktidada keçgan kunlarini «nihoyatda hayajonli va ayni paytda zerikarli» deb ifoda etdi: «Stansiya juda katta va zamonaviy. Şu bois, odatiy hayot tarzida biror narsani soğinişingizga hojat yöq. Boşida hammasi juda yangi va hayajonli tuyuladi. Ammo keyin döstlaringizni, oilangizni va kundalik yumuşlaringizni soğinasiz».

«Eng yomoni, ba'zan bir neça haftalab davom etuvçi va stansiyani belançakday tebratuvçi böronlardir. Bunday kunlarda kişi özini xuddi qamoqqa tuşib qolganday his qiladi. Ammo bu – stansiya hayotining bir qismi ekanini, yomon kunlar yaxşi kunlarning qadrini oşirişini anglaysiz».

Kristman 2016 yilda BBC Natural History guruhidagi ikki hamkasbi bilan «Dynasties» («Sulolalar») serialini suratga oliş uçun Antarktidaga yana qaytib keladi.
«Kimdir bilan yoki heç qaçon», deydi Kristman Antarktidada yolğiz qişlaş qarori haqida.

Fotosuratçining aytişiça, pingvinlarning bir joyga töplaniş «marosim»i sovuqqa qarşi maxfiy qurol bölib, u omon qolişning öziga xos strategiyasidir.
«Ulkan bir inkubator maxanizmi kabi harakat qiluvçi pingvinlar oldilaridagi şeriklarining yelkasiga boşlarini suqib, bir-birlariga juda yaqin holda turişadi. Natijada birlaşgan tanalar şunday bir harorat yaratadiki, töda markazida u hatto 37 darajaga yetişi mumkin», deydi Kristman.





















