Vazirlar Mahkamasining “Qorakölçilik sub'yektlariga subsidiya beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qaror loyihasi qorakölçilik sohasida davlat siyosatini yanada takomillaştiriş, qorakölçilik sohasida faoliyat yuritayotgan klasterlar faoliyatiga davlat darajasida e'tibor qaratiş çora-tadbirlari samaradorligini oşiriş, mehnat huquqlarini himoya qiliş va mehnat muhofazasini kuçaytiriş, aholi bandligini ta'minlaş böyiça muvofiqlaştirilgan işlarni amalga oşirişda davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari mas'uliyatini kuçaytiriş, şuningdek, respublikada qorakölçilik bilan şuğullaniş, sohada jun va terini qayta işlaş böyiça dunyo tajribasidan foydalangan holda eksport salohiyatini oşiriş maqsadida işlab çiqilgan.
Qorakölçilik bilan şuğullanuvçi xöjaliklarga davlat tomonidan nasldor qöy va eçki, şu jumladan qoraköl zotli qöylarning xorijiy davlatlardan import qilingan har bir embrioniga 400 ming söm miqdorda subsidiya ajratiladi.
Çorvaçilik tarmoğini yanada rivojlantiriş faoliyatini samarali taşkil etişni ta'minlaş böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar (şaharlar) komissiyalari kalendar yilining 1 mayiga qadar kelgusi yil uçun subsidiya oluvçilar röyxatini şakllantiradi.
Viloyat komissiyasi kalendar yilining 5 mayiga qadar subsidiya oluvçilar röyxatini umumlaştirib, Respublika “Qorakölçilik” uyuşmasiga taqdim etadi.
Uyuşma viloyat komissiyasi tomonidan taqdim etilgan röyxatni ular taqdim etgan paytdan boşlab beş iş kunida umumlaştirib, Moliya vazirligi bilan kelişilgan holda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi Uyuşma tomonidan taqdim etilgan röyxatni uç iş kunida belgilangan tartibda körib çiqib tasdiqlaydi hamda ijro uçun Qömitaga hamda Moliya vazirligiga yuboradi.
Moliya vazirligi kelgusi yil uçun davlat budjeti parametrlarini şakllantirişda subsidiya oluvçilarga subsidiya ajratiş uçun zarur mablağlarni hisobga oladi.
Qömita subsidiya ajratiş böyiça viloyat komissiyasi tomonidan şakllantirilgan röyxatga yil davomida haqiqiy holatdan kelib çiqib, tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritişi mumkin.












