Sirdaryolik ikki yigit – Eldor Jörayev va Tölqin Usmonov Özbekistonda sportga, şu jumladan piyoda yurişga bölgan qiziqişni ommalaştiriş niyatida Andijondan Qoraqalpoğiston tomon yölga çiqişgan.
Ular, şuningdek, hamyurtlar orasida vatanparvarlik hissini tarğib qiliş, Özbekiston timsoli – davlat bayroğiga bölgan hurmatni kuçaytirişni ham maqsad qilişgan.
Suhbatimiz davomida (batafsil – videoda) Eldor Jörayev Muhammad Yusuf va Botir Ergaşev qalamlariga mansub şe'rlardan parçalar ham aytib berdi..
15 fevral kuni Andijon viloyatidan yölga çiqqan sportçilar 8 mart kuniga qadar Andijon, Farğona, Namangan, Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining öndan ortiq tumanlarini, qolaversa poytaxtni ham ortda qoldirişdi.
Ular 21 martgaça Qoraqalpoğiston hududiga yetib borişni maqsad qilişgan. Oxirgi manzil esa respublikaning Möynoq şahri böladi.

Ikki yöldoş uşbu yuriş aksiyasini qöllab-quvvatlayotgan vatandoşlarga, uni taşkillaştirişda amaliy yordam berib kelayotgan Jismoniy tarbiya va sport, Içki işlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Sirdaryo viloyati hokimligi va boşqa taşkilotlarga öz minnatdorçiligini izhor qilib qolişdi.
Biz sportçilarga inson irodasini pişitadigan intilişlarida omad tilab, xayrlaşdik. Tilagimiz şuki, bu kabi yurişlar viloyatlar orasida bölmasa-da, jilla qursa tumanlar va qişloqlar örtasida ommalaşsin, özbekistonliklar soğlom turmuş tarzini hayotlarining asosiy şiorlaridan biriga aylantirişsin.
Tolib Rahmatov,
Kun.uz muxbiri.
















