Suv xöjaligi vazirligida yangi lavozim tayinlovi amalga oşirildi. Bu haqda Innovatsion rivojlaniş vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Azim Nazarov suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Azim Nazarov 1997 yili Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutini, 2000 yili Amerika Qöşma Ştatlarining Texas qişloq xöjaligi va mexanika universitetini tugatgan.
Ma'lum qilinişiça, u şu kunga qadar innovatsion rivojlaniş vazirining örinbosari edi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning yanvar oyi boşida prezident qaroriga asosan, suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari Bahodir Röziboyev lavozimidan ozod etildi.
Suv xöjaligi vazirligi 2018 yil fevral oyida taşkil etilgan, öşa yil may oyida Bahodir Qöçqoroviç vazirning birinçi örinbosari etib tayinlangan edi.

















