9 mart kuni «Yuksaliş» umummilliy harakati binosida Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi majlisi ötkazildi. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, yiğilişda Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi rahbari Uluğbek Toşkenboyev maktabgaça ta'lim muassasalariga qamrov böyiça qöşib yoziş holatlari avj olayotgani haqida ham gapirgan.
«Biz prezident qarori bilan, davlat va nodavlat maktabgaça ta'lim muassasalarida örganişlar ötkazyapmiz.
Örganişlarda ma'lum bölyaptiki, bolalarni maktabgaça ta'lim muassasalariga qamrov darajasini sun'iy qöşib yoziş holatlari avj olmoqda. Jumladan, Andijon viloyatining Xöjaobod tumanida 6 yoşli bolalar qamrov darajasi 70 foiz deb körsatilgan. Vaholanki, bu körsatkiç amalda 25,8 foiz ekani aniqlandi», – dedi Toşkenboyev.
Inspeksiya rahbariga köra, boşqa viloyatlarda ham qamrov darajasi şahar markazi bölmagan hududlarda 20–40 foizdan oşmaydi.
Şu tufayli u qamrov darajasi statistikasini yuritişning aniq tizimini işlab çiqiş va yolğon ma'lumot taqdim etganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş taklifini bildirdi.
Uluğbek Toşkenboyevga köra, maktabgaça ta'lim muassasalarida faoliyat körsatayotgan pedagog xodimlarning malaka darajasi ham e'tibor beriş kerak bölgan muhim masala.
«Biz pedagog kadrlarning ma'lumotlilik darajasi va ularning kasbiy rivojlaniş darajasiga e'tibor berişimiz kerak.
Taklifimiz şundayki, hududlardagi maktabgaça ta'lim tarbiyaçilarini işdan ajratmagan holda, oliy ta'limning sirtqi bölimlariga yönaltiriş çoralarini körişimiz kerak. Oliy ta'limning sirtqi bölimlarida esa kvotalarni oşiriş zarur», – dedi inspeksiya rahbari.
Yiğiliş davomida maktabgaça ta'lim vazirining birinçi örinbosari Qahramon Olimov Uluğbek Toşkenboyevning uşbu fikrlari böyiça öz munosabatini bildirdi. Uning ta'kidlaşiça, 2020 yildan boşlab tizimdagi barça qöşib yozişlar barham topgan.
«Raqamli Özbekiston» dasturi doirasida 2020 yildan boşlab bolalar boğçalarida avtomatlaştirilgan tizim töliq yölga qöyilgan.
Şuning uçun ötgan yildan boşlab qöşib yozişlarga ham çek qöyilgan.
Bizdagi körsatkiç 60,9 foizga yetkazilgan. Biz qoğoz ma'lumot berganimiz yöq», – degan mulozim.
















