Xitoy hukumatining Alibaba asosçisi Jyek Ma bilan kuraşi mamlakat iqtisodiyotiga zarba berişi mumkin, deb yozmoqda Bloomberg.
Qayd etilişiça, startaplardan biri rahbari Alibaba darajasidagi biznesga ega bölişni xohlamayotgani, hukumat e'tiboriga tuşişdan çöçiyotganini aytgan.
Yana bir biznesmen esa omma oldida çiqişlar qilişdan voz keçgan va robototexnika bilan boğliq işini Xitoydan taşqarida rivojlantirmoqçiligini bildirgan.
Agentlikning yozişiça, investorlar va biznes ahli şaffoflikning yöqligi va özgaça fikrlaş keskin bosimga uçraşidan xavotirda.
"Jyek Ma bilan yuz bergan voqea heç kim xavfsizlikda emasligini körsatdi", - deya tadbirkorlardan birining sözlaridan iqtibos keltiradi agentlik.
Jyek Ma ötgan yil oktyabrda xalqaro moliyaviy regulyatorlar qoidalari eskirganini aytib, Xitoy banklarini tanqid qilganidan söng nazorat paketi Maga tegişli bölgan Ant Group IPÖsi qoldirildi.
Dekabrda Xitoy regulyatorlari Ant Group’ni şaffof raqobat prinsiplarini va iste'molçilar huquqlarini buzişda aybladi. 24 dekabrda esa Alibaba ustidan tekşiruv boşlangani ma'lum qilindi.
Oxirgi marta oktyabrda omma oldida köringan Jyek Ma uç oydan söng – yanvar örtalarida köriniş berdi.

















